Vazirlar Mahkamasining “Özbekistonning raqobatbardoş sanoat unumdorligi indeksida körsatkiçlarini yaxşilaş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
2022-2030 yillarda raqobatbardoş sanoat unumdorligi indeksida Özbekiston örnini yaxşilaş strategiyasi, 2022-2026 yillarda raqobatbardoş sanoat unumdorligi indeksida Özbekiston örnini yaxşilaş strategiyasini amalga oşiriş böyiça çora-tadbirlar dasturi va iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat tasniflagiçi böyiça yuqori va örta-yuqori texnologiyali mahsulot işlab çiqarişga ixtisoslaşgan tarmoq va sohalarda faoliyat yurituvçi davlat va xöjalik boşqaruvi organlari röyxati tasdiqlanadi.
Belgilanişiça:
Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Investitsiyalar vazirligi hamda Tarmoq bozorlari va işlab çiqarişda mehnat unumdorligi tadqiqotlari markazi bilan birgalikda BMT Sanoatni rivojlantiriş taşkiloti tomonidan e’lon qilinadigan raqobatbardoş sanoat unumdorligi indeksi yillik hisobotlari asosida mas’ul vazirlik va idoralar hamda davlat va xöjalik boşqaruvi organlari bilan hamkorlikda hisobot rasmiy e’lon qilinganidan söng bir oy muddatda past indikatorlar böyiça tizimli kamçiliklarni bartaraf etiş yuzasidan takliflarni işlab çiqadi hamda Xalqaro reyting va indekslar bilan işlaş böyiça respublika kengaşi işçi organlariga kiritib boradi;
respublika kengaşi işçi organlari indeksdagi past indikatorlarga mas’ul davlat organlari böyiça soha va tarmoqlardagi mavjud kamçiliklarni bartaraf etiş loyihalarini 2022-2026 yillarga möljallangan Yangi Özbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oşirişga qaratilgan har yillik davlat dasturlariga kiritadi.
2025 yil 1 sentabrga qadar Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi indeks tarkibidagi indikatorlarga mas’ul davlat organlari bilan birgalikda strategiyani amalga oşiriş ikkinçi bosqiçi böyiça 2027-2030 yillarga möljallangan çora-tadbirlar rejasi va indeks past körsatkiçlar böyiça ilmiy tadqiqot loyihalarini amalga oşiriş dasturini örnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Investitsiyalar vazirligi belgilangan davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, Markaziy bank va tijorat banklari, Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari rahbarlari bilan birgalikda davlat investitsiya dasturlari hamda hududiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş dasturlarini şakllantirişda, maxsus iqtisodiy zonalarda sanoat investitsiya loyihalarini amalga oşirişda qayta işlaş sanoatidagi örta yuqori va yuqori texnologiyali mahsulotlar uluşi kamida 30 foizni taşkil etişiga alohida e’tibor qaratadi.







