09:03 / 02.09.2022
2267

Milliy gvardiya tomonidan nechta ta’lim muassasalari qo‘riqlanayotgani ma’lum qilindi

Respublika bo‘ylab yangi o‘quv yili boshlanish arafasida Milliy gvardiya «Qo‘riqlash» bo‘linmalari tomonidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, o‘rta ta’lim, maktabgacha ta’lim muassasalari xavfsizligi o‘rganildi, texnik qo‘riqlash vositalari sozligi tekshiruvdan o‘tkazildi. 

Milliy gvardiya xabariga ko‘ra, bugungi kunda «Qo‘riqlash» bosh boshqarmasi tomonidan 10 297 ta ta’lim muassasalari qo‘riqlab kelinmoqda.

Qayd etilishicha, ular orasida 5398 ta umumta’lim maktablari va 656 ta oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari bor.

Bundan tashqari, 3959 ta maktabgacha ta’lim muassasalari hamda 284 ta talabalar yotoqxonalari texnik qo‘riqlovga olingan.

Top