23:30 / 08.09.2022
9107

Vashingtonda noqonuniy migrantlar oqimi sababli favqulodda vaziyat rejimi e’lon qilindi

Bahorda Texas va Arizona gubernatorlari mamlakat rahbariyati e’tiborini chegaradagi vaziyatga jalb etish uchun chegarada qo‘lga olingan  migrantlarni avtobuslarda Vashingtonga jo‘natishni boshlagandi. 

Foto: nbcwashington

Vashington meri Myuriel Bauzer noqonuniy migrantlar oqimi sababli AQSh poytaxtida favqulodda vaziyat rejimini e’lon qildi.

Shahar ma’muriyatining bildirishicha, favqulodda vaziyat rejimi merga qochqinlar ishlari bo‘yicha boshqarma tashkil etish hamda Texas va Arizona shtatlaridan ko‘plab migrantlar kelishi bilan bog‘liq vaziyatni tartibga solish uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratish imkonini beradi.

Inqiroz bahorda Texas va Arizona gubernatorlari mamlakat rahbariyati e’tiborini chegaradagi vaziyatga jalb etish uchun chegarada qo‘lga olingan  migrantlarni avtobuslarda Vashingtonga jo‘natishni boshlaganidan so‘ng yuzaga keldi.

OAVning ma’lumot berishicha, poytaxtga 9,4 mingga yaqin noqonuniy migrant jo‘natilgan. Shu bilan birga, ularning ko‘pchiligi Vashingtonda qolmagan, balki boshqa shtatlardan boshpana topgan.

Mavzuga oid
Top