Kun.uz jurnalisti AQŞ poytaxti Vaşingtonda bölib, qisqa muddatga keluvçilar uçun boriş mumkin bölgan ba’zi manzillarni bittta joyga töpladi. 3-4 kun bu şaharda bölib, haqiqiy Vaşington ruhini his qiliş köz bilan köriş lozim bölgan joylar ançagina, eng asosiysi - National Mall. Vaşington yuragi hisoblangan bu manzilda deyarli barça monumentlar joylaşgan.
Vaşington AQŞning boşqa ştatlaridagi asosiy şaharlardan farqli ölaroq osmonöpar, baland-baland binolari kam hudud. Dunyodagi eng kuçli davlatlardan birining poytaxti bölgan Vaşingtonni siz juda ham katta, aholisi köp megapolis sifatida tasavvur qilişingiz mumkin. Lekin Vaşington kiçkina, uning hududi hattoki Toşkentdan ham kiçik. Aholisi esa bor-yöği 600-700 ming.
National Mall – Vaşingtonning yuragi, şahar ramzlari joylaşgan katta xiyobon. Vaşingtonda böldim, degan hisni tuyiş uçun birinçi navbatda National Mall'ga boriş şart. Amerikaliklar bu yerni “Amerikaning old hovlisi” deb ham ataşadi. Çunki yam-yaşil zona, katta maydon – Potomak daryosigaça çözilgan. Yodgorliklar, monumentlar – xullas şaharning qoq markazi. Butun Mallni aylanib çiqqani – bir neça soat yoki 1 kun vaqtingiz ketadi.
1-manzil – Vaşington monumenti
Bu Amerika orzularining toşdan yasalgan timsoli. Qurilayotganda monumentga quyoş tuşadi, u esa butun şaharni öz nuri bilan yoritib, ötgan asrlarning xotirasini sözlaydi, degan ideologiya bilan qurilgan. Bu monument birinçi prezident Jorj Vaşington şarafiga bunyod qilingan.
Obelisk – haşamatdan yiroq, öta sodda. Çöqqisida esa lotinçada – xudoga hamd, deya bitilgan. Amerikaliklar bu monumentni xayriya pullari evaziga qurişni boşlagan, lekin işni davlat yakunlagan. Quriliş işlari töxtab qolib, keyin davom etgani sabab – monument ikki xil rangda. Uni bugun Amerika bayroqlari bezab turadi.
Ikkinçi jahon uruşi memoriali
2-manzil esa Vaşington monumenti qarama-qarşisida joylaşgan – Ikki jahon uruşi memoriali. Obektga – jimlikdagi ğalaba, deb ham ta’rif beriladi. 2004 yil oçilgan bu memorial uruş faxriylariga ataladi. Markazdagi katta favvora atrofida 56 ta ustun qad kötargan. Ular uruş davridagi AQŞning 48 ta ştati va 7 hudud, District of Columbia’ni aks ettirgan. Har bir ustun esa millat birligining timsoli deya qaraladi.
Bu memorial bugun amerikaliklar va sayyohlar bilan gavjum. Vaşingtonda namlik darajasi yuqori bölgani uçun favvora atrofida ötirib, dam oladigan, salqinlaydiganlar ayniqsa şu kunlarda köp. Favvora markazida esa 4000 yulduz bor, har bir yulduz 100 ta amerikaliklarni ifodalaydi, şunda jami 400 mingdan ortiq halok bölganlar xotirasi bunda aks etgan.











