Tadbir davomida taşkilotga a’zo davlatlar örtasida qator köp tomonlama va ikki tomonlama uçraşuvlar ötkazilişi, xavfsizlik va iqtisodiy sohada hamkorlikni kuçaytirişga oid kelişuvlar imzolanişi kutilmoqda.

Ammo bu yerda taşkilotga a’zo davlatlar uçun ma’lum xavf va xatarlar ham borki, bu birinçidan, Ğarb saksiyalari ostidagi Rossiya bank va moliya institutlari bilan hamkorlik va bu hamkorlik orqali ikkilamçi sanksiyalariga tuşib qoliş xavfi bölsa, ikkinçidan, taşkilotning siyosiylaşa borişi mumkinligi, şuningdek, "tuzumlar eksporti" hisoblanadi.

Kun.uz muxbiri taşkilotning Samarqand sammiti haqida siyosatşunoslar – Anri Şaropov, Hamid Sodiq va iqtisodçi, sobiq moliya vaziri örinbosari Abdulla Abduqodirov bilan suhbatlaşdi.

Kun.uz: —

Intervyuni boşlarkanmiz, avvalo sizlardan ŞHT sizning nazdingizda qanday taşkilot ekani borasida fikrlaringizni söramoqçiman.

Köryapsizlar, Rossiya OAVlari bugun bu taşkilotni ğarbga qarşi tuzilma sifatida talqin qilyapti. Ğarbning ham bu borada öz fikrlari bor.

Özbekiston rasmiylari esa ŞHT haqida gapirganda, unga nisbatan universal taşkilot iborasini işlatyapti. Xöş, ŞHT özi qanday taşkilot-u, uning universalligi nimada?

Anri Şaropov, siyosatşunos: —

Taşkilotning tuzilişi 1996 yil Xitoy va Sobiq sovet davlatlarining çegara va çegara atrofi mustahkamligini ta’minlaş maqsadidan kelib çiqadi. Bundan ham avvalgi tarixga e’tibor qiladigan bölsak, bu çor Rossiyasi va Tsin imperiyalari örtasidagi davom etgan va 96 yilgi şartnomadan söng Şanhay beşligiga aylangan.

Anri Şaropov

Afğonistondagi vaziyat tufayli Markaziy Osiyoda xavfsizlik masalalari dolzarblaşganidan keyin 2000-2001 yillarda Özbekiston iştiroki bilan taşkilot ŞHTga aylantirildi.

Hozir biz axborot jamiyatida yaşayapmiz. Şu bois axborot xurujlarining bölişi tabiiy hol. Har qanday davlat faoliyat olib borişda ana şu media resurslardan foydalanadi. Bu taşkilot muhim bir mexanizm hisoblanadi. Mamlakatimiz olib boradigan siyosatga qaraladigan bölsa, bu siyosat asosini bloklarga qöşilmaslik, progmatizm va özaro boğliqlik taşkil qiladi.