Umumiy ma’lumotlar: Xitoy bilan uzun çegaraga ega, qator yönalişlarda transport koridori bölişi mumkin bölgan Möğuliston Xalq Respublikasida hozirda 3,4 mln aholi yaşaydi. Maydoni ulkan – 1 564 116 km km va dunyo böyiça bu borada 19-örinda. YaIM hajmi 47 mlrd dollar, aholi jon boşiga 14 270 dollar (2022). 

Juda köpçilik Möğuliston tuşunçasini Çingizxon bilan boğlab yodga oladi va bu tuşunçalar şu yerning özida tugaydi. Çindan ham Çingizxon va uning avlodlari Makedonskiydan ham, Rim imperiyasidan ham kattaroq hududni zabt etişgan hamda dunyo tarixiga nihoyatda kuçli ta’sir ötkazişgan. Hozir ham Möğulistonda u juda uluğlanadi, ulkan haykallari bunyod etilgan, har bir möğulistonlik tarixi bilan faxrlanişni yaxşi köradi.

Lekin hoqonlar tarixi faqat Çingizxon bilan çeklanib qolmaydi. Çunki Çingizxon yigirma yildan sal ortiqroq hukmdorlik qilgan. Uning öğillari, nabiralari ham zafarli yurişlarni davom ettirişgan hamda imperiya hududlarini muttasil kengaytirib borişgan. Markaziy Osiyo hududlarida qolganlarining aksariyati keyinçalik Islom dinini qabul qilişgan va mahalliy aholi bilan qöşilib ketişgan.

Zamonaviy Möğuliston

Bu davlat öz tilida Möğul ulusi deb ataladi va bir asr oldin, 1921 yilda Xitoydan mustaqil bölgan. Özbekistonga öxşaş jihati – dengizga çiqiş yöli yöq. Hududi juda katta bölsa-da, faqat ikki davlat – Rossiya va Xitoy bilan çegaradoş.

Davlatçilik asoslarini tuzgan ilk yillaridan boşlab SSSR bilan mustahkam aloqalar örnatgan va sotsialistik tuzumning aksariyat unsurlarini özida qöllagan Möğulistonda ötgan asrning öttizinçi yillarida dinga qarşi kuraş olib boriladi. Natijalar dahşatli edi – buddizmga e’tiqod qiluvçi aholining 36 ming nafari, ya’ni 5 foizdan ortiği qirib taşlanadi. Bunday katta körsatkiç sababi ham bor edi – har uç erkakdan biri monaxlik yölini tanlagandi.

Ikkinçi jahon uruşi yakunida SSSR bilan birgalikda Yaponiya qöşinlari tor-mor etilişida iştirok etgan Möğuliston 1945 yilda referendum ötkazadi va juda muhim siyosiy yutuq – Xitoyning bu davlatni tan olişiga erişadi. Şundan söng bu masalani ortga surgan boşqa davlatlar ham Möğuliston davlatini rasman tan ola boşlaydi. Bu borada sönggi diplomatik hujjat özining xalqaro maqomi noaniq bölib turgan Tayvan tomonidan 2002 yilda imzolanadi.

1952 yilda hokimiyat tepasiga kelgan Yumjagiyn Tsedenbalning 1984 yilga qadar «taxt»dan tuşmagani Möğuliston tarixida öziga xos davr sifatida eslanadi. Öşa davr hozirgaça ham ayrim mutaxassislar tomonidan tökinlik va barqarorlikni yodga tuşirsa, yana kimlar uçundir bu demokratiyadan yanada çekiniş, turğunlik va inson huquqlarining toptalişi bilan ta’riflanadi.