19:07 / 15.09.2022
15279

«Vaziyat juda keskin». «LXR» rahbari ukrain qo‘shini butun front bo‘ylab hujumga o‘tganini ma’lum qildi

Ukraina qurolli kuchlari butun front bo‘ylab hujum boshlagan. Bu haqda o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan «Luhansk xalq respublikasi» rahbari Leonid Pasechnik ma’lum qildi.

«Vaziyat juda keskin», — deya Pasenchikning bayonotini keltiradi TASS. Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda Ukraina qo‘shini «LXR» chegarasida turibdi. 

Shu bilan birga, o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan respublika rahbari «ortiqcha vahimaga asos yo‘qligi, respublika odatiy rejimida yashayotgani»ga ishontirgan.

«Qarshi hujumga urinishlari baribir to‘xtatiladi, qo‘shinlarimiz tomonidan yakson etiladi», — deya qayd etgan Pasechnik.

14 sentabr kuni «LXR» xalq militsiyasi vakili Andrey Marochko ukrain qo‘shini respublika chegaralariga yaqinlashib kelayotganini aytgandi. «Vaziyat chindan murakkab», — degandi Marochko va «LXR» hududi «to‘lig‘icha nazorat ostidaligi»ni qo‘shimcha qilgandi.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top