13:08 / 23.09.2022
8945

O‘zbekiston tog‘larida yomg‘ir qorga aylanishi kutilmoqda

Joriy yilning 25-27 sentabr kunlari O‘zbekiston hududiga Volgabo‘yi hududlaridan salqin va biroz nam havo kirib keladi.

Foto: Kun.uz

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, 25 sentabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida, 26-27 sentabr kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi kutilmoqda.

25-26 sentabrda Qoraqalpog‘istonda, 27 sentabrda Surxondaryo viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda shamol kuchayishi 21-23 m/s ga yetishi mumkin.

25 sentabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm viloyatida, 26 sentabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida, 27 sentabrda respublika tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Baland tog‘larda (2500 metrdan yuqorida) yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.

26 sentabrda shimolda, 27 sentabrda respublika barcha hududlarida havo harorati kechalari 10-13 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 22-25 daraja issiqqacha pasayadi.

Mavzuga oid
Top