10:17 / 24.09.2022
1862

Bishkekda O‘zbekiston - Qirg‘iziston jamg‘armasi taqdimoti o‘tkazildi

O‘zbekiston sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalari vakillarining Bishkekka biznes tashrifi tashkil etildi.

Foto: Dunyo

O‘zbekiston elchixonasi tomonidan mamlakat sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalari vakillarining Bishkekka biznes tashrifi tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Amaliy safarda mamlakatning 40 dan ziyod to‘qimachilik, charm-poyabzal, oziq-ovqat, farmatsevtika, sovg‘a va hunarmandchilik mahsulotlari, qurilish materiallari, plastmassa buyumlari, uy jihozlari, mebel ishlab chiqarish korxonalari vakillari ishtirok etdi.

Biznes missiya doirasida Bishkekda Qirg‘iziston tadbirkorlari ishtirokida biznes-forum va V2V muzokaralari bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilari mahsulotlarining ko‘rgazmasi tashkil etildi.  

Hamkorlikda o‘tkazilgan biznes-forumda O‘zbekiston - Qirg‘iziston rivojlanish jamg‘armasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 500 nafarga yaqin qirg‘iz tadbirkorlari ishtirok etgan biznes-forum davomida 300 dan ziyod V2V shaklidagi ikki tomonlama uchrashuvlar tashkil etildi.

Biznes safari natijasida 600 dan ziyod tadbirkorlar bilan muzokaralar olib borildi, 31 ta korxona salkam 3,5 million AQSh dollari hajmida mahsulotlar birlamchi eksportini amalga oshirish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishdi. Ikkita korxona o‘z mahsulotlari distribyutorlik shartnomasini imzolash bo‘yicha muzokaralar olib bordi, 38 ta korxona mahsulotlarini sotish bo‘yicha «Dordoy» bozoridan bir nechta ulgurji savdo qiluvchi mijozlar bilan kelishib oldi.

Top