11:58 / 26.09.2022
9688

Abdulla Aripov amaliy tashrif bilan Qirg‘izistonga bordi

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Bishkek shahriga amaliy safar bilan bordi.

O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov amaliy tashrif bilan Qirg‘iziston Respublikasiga bordi.

Qirg‘iziston vazirlar mahkamasi xabariga ko‘ra, yuqori martabali mehmonni «Manas» xalqaro aeroportida Qirg‘iziston Respublikasi vazirlar mahkamasi raisi Oqilbek Japarov kutib oldi.

Amaliy tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Qirg‘iziston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi hukumat delegatsiyalarining qirg‘iz-o‘zbek davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha qo‘shma majlisida ishtirok etadi.

Bundan tashqari, Abdulla Aripov Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashadi. 

Top