17:44 / 29.09.2022
11504

Futzal. O‘zbekiston Tojikistonni mag‘lub etib, Osiyo chempionati chorakfinaliga yo‘llanma oldi

Kuvaytda o‘tayotgan futzal bo‘yicha Osiyo chempionati 2-turi doirasida O‘zbekiston milliy jamoasi Tojikistonga qarshi parketga tushdi.

Foto: O‘FA

Qiziqarli va shiddatli o‘tgan bahsda Bahodir Ahmedov shogirdlari qo‘shnilarimiz ustidan qiyin g‘alabaga erishishdi – 3:2.

Shu tariqa, O‘zbekiston 2 o‘yinda 6 ochko jamg‘arib, V guruhidan muddatdan oldin chorakfinalga yo‘llanma oldi.

Guruhdagi ikkinchi o‘yinda Turkmaniston va Bahrayn jangovar durang qayd etishdi – 4:4.

Osiyo chempionati. 
B guruhi. 2-tur
O‘zbekiston – Tojikiston – 3:2

Hakamlar: Gelarih Nozimideylami (Eron), Pornnarong Grairod (Tailand), Ibrohim Mehrabiafshar (Eron).
Gollar: Elbek To‘lqinov 3, Husniddin Nishonov 7, Anasxon Rahmatov 19 - Fayzali Sardorov 4, 38.
O‘zbekiston: 12.Ravshan Eliboyev, 4.Ixtiyor Ropiyev, 6.Ilhom Hamroyev, 8.Husniddin Nishonov, 10.Davron Choriyev.
Zaxira: 1.Rustam Umarov (s), 2.Anasxon Rahmatov, 3.Mashrab Odilov, 5.Sunnat Jo‘rayev, 7.Dilshod Rahmatov, 9.Elbek To‘lqinov, 11.Akbar Usmonov, 13.Shahram Faxriddinov, 14.Davlat Ibragimov.
Tojikiston: 1.Firo‘z Bozmamadov, 3.Bahodur Xojayev, 4.Shavkat Xalimov, 7.Rustam Hamidov, 11.Iqboli Vositzoda.
Zaxira: 2.Firuz Bekmurodov, 5.Sobirjon Gulyakov, 6.Idris Yorov, 8.Muhammadjon Sharipov, 9.Fayzali Sardorov, 12.Umed Kuziyev, 13.Baxtiyor Soliyev, 14.Dilshod Salomov.

Turkmaniston – Bahrayn 4:4
Gollar: Gurbangeldi Sahedov 13, 14, 19, 26 – Ahmad Muhammad 10, Muhammad Abdulla 13, Falax Mahdi Ali Yusuf 26, Muhammad Radhi 40.

Top