09:00 / 01.10.2022
3416
O‘qituvchilik - sharafli kasb
Foto: ERIELL Group

O‘qituvchi va murabbiylar kuni —eng sevimli kasb bayramlaridan biridir. O‘qituvchilar nafaqat fan o‘rgatuvchi, balki ko‘nikma va kasbiy bilimlar olamiga yo‘l boshlovchi insonlardir. Ulardan tajriba, an’analar va novatorlik meros bo‘lib qolishi har bir ta’lim muassasasi, jumladan, ERIELL prof education korporativ o‘quv markazi asosini tashkil qiladi. 

 Tez orada ERIELL prof education yubiley sana - markaz tashkil topganining 10 yilligini nishonlaydi. Mazkur ixtisoslashtirilgan markaz o‘ziga xosdir. U kompaniya guruhining barcha xodimlari uchun o‘quv mashg‘ulotlari va ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish, sanoat xavfsizligi va mehnat muhofazasi sohasida xalqaro standartlarni joriy qilish va ularga rioya etish, xodimlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash masalalariga rejali va tizimli yondashish maqsadida ochilgan. 

O‘quv markazining o‘qituvchilar tarkibi o‘z ishining fidoyilari, neft va gaz sanoatida katta kasbiy tajribaga ega bo‘lgan, minglab mutaxassislarning ustoziga aylangan tajribali o‘qituvchilardan iborat.   

Kasb bayrami arafasida markazning Qarshi shahridagi hududiy filiali o‘qituvchilarini tabriklash marosimi bo‘lib o‘tdi. ERIELL Group vakillari tomonidan sovg‘alar, tabriklar va yoqimli syurprizlarni topshirish maqsadida bayram tadbiri tashkil etildi. 

«O‘quv markazimiz yaxshi va ezgu an’analardan chetga chiqmaydi. Zero, ustoz va murabbiylar kuni – shunday muhim va mashaqqatli kasbni tanlagan barchaga minnatdorchilik bildirish uchun ajoyib imkoniyatdir. Barcha ustoz va murabbiylarimizga mustahkam sog‘lik, farovonlik, tinchlik, ko‘ngil xotirjamligi, tabassum, yaxshi kayfiyat tilab qolamiz. Va albatta, har bir o‘qituvchiga ERIELL Group ravnaqiga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik izhor qilamiz», – dedi vakillik rahbari o‘rinbosari Alim Azizovich Yunusov o‘z tabrik so‘zida. 

Bugungi kunda markazda neft va gaz sanoatining 23 yo‘nalishi va 17 kasb bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borilmoqda. Bu yerda kompaniyalar guruhi mutaxassislari, jumladan, ushbu sanoat hududida ishlashga o‘zlarini bag‘ishlashga qaror qilgan mahalliy aholi o‘qitiladi. 

«10 yillik samarali faoliyati natijasida markaz O‘zbekiston Respublikasidagi neft va gaz sanoati mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha eng yirik xalqaro o‘quv markaziga aylandi. ERIELL prof education o‘ziga xos o‘quv dasturi ishlab chiqilgan, mutaxassislarni o‘qitish uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan va yo‘lga qo‘yilgan mexanizmdir», – dedi ERIELL prof education o‘quv markazi direktori Yusuf Nig‘matovich Abdullayev.

Qarshi shahridagi hududiy filial uchun burg‘ilash brigadasi mutaxassislarini o‘qitish va malakasini oshirib borish maqsadida o‘quv-mashg‘ulot poligoni tashkil etildi va foydalanishga topshirildi. Shuningdek, DrillSim-20 Drilling & Control Simulyator zamonaviy nazorat trenajyor-simulyatori ham mavjud. 

Shu tariqa, o‘quvchilar o‘quv xonasidan chiqmagan holda burg‘ilashni amalga oshirishi, quduq og‘zini germetizatsiyalash uslublarini tanlashlari, tegishli burg‘ilash eritmalarini tahlil qilishlari mumkin. 

2018 yilda ERIELL guruhi boshqaruv raisi buyrug‘i bilan tor ixtisoslikdagi mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha oltita asosiy yo‘nalishda olib borilayotgan «murabbiylik» bo‘yicha ishlar yo‘lga qo‘yildi. Murabbiylikning afzalligi shundaki, bevosita ish joyida individual ta’lim olish imkoniyatini taqdim etish hisoblanadi. 

Bundan tashqari, Toshkent shahrida joylashgan o‘quv markazi kompaniya guruhi menejyer va mutaxassislarining kelgusida professional jihatdan o‘sishini ta’minlash uchun mo‘ljallangan. Markaz I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent filiali hududida joylashgan. Uning o‘quv faoliyati eng yangi ta’lim texnologiyalari asosida neft va gaz biznesi sohasidagi rahbar va yetakchi mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribani o‘quv jarayoniga keng joriy etishga qaratilgan.

Buyuk ma’rifatparvar olim Al-Xorazmiy «Dunyoga egalik qilishni xohlasang, o‘qi» deya ta’kidlagan. Korxonalar faoliyati samaradorligini oshirish, ishlab chiqarish hajmi va hayot sifatini oshirishda xodimlarni rivojlantirmasdan amalga oshirib bo‘lmaydi. 10 yildan ortiq vaqt davomida kompaniyalar guruhi nafaqat o‘zining kasbiy salohiyatini rivojlantirmoqda, balki, to‘plagan tajriba va bilimlarini neft xizmat ko‘rsatish sohasi mutaxassislariga ulashmoqda.

Ustoz va murabbiylarni, barcha ta’lim va tarbiya sohasining fidoyi xodimlarini umumxalq bayrami – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin yurakdan tabriklaymiz. Ularga bo‘lgan hurmatimiz va ezgu tilaklarimizni so‘z bilan ifodalab bo‘lmaydi. Ushbu muhim kunda sizga professional o‘sish, bilim va tajriba tarqatish kabi so‘nmas istak tilaymiz. Ma’rifat va yangilikka intilishingiz hech qachon so‘nmasin!

ERIELL Group matbuot xizmati Ⓣ

Mavzuga oid
Top