12:54 / 01.10.2022
5471

O‘zbekistonning Oziq-ovqat xavfsizligi indeksidagi o‘rni qanday o‘zgargani tahlil qilindi

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) mutaxassislari 2019-2022 yillarda O‘zbekistonning Global oziq-ovqat xavfsizligi indeksidagi o‘rni qanday o‘zgarganini tahlil qildi.

Foto: Kun.uz

Indeks oziq-ovqat mahsulotlaridan foydalanish imkoniyatlari, ular mavjudligi va xavfsizligi, dunyodagi 113 ta mamlakati tabiiy resurslari va barqarorligiga oid masalalarni ko‘rib chiqadi.

Tahlil natijalariga ko‘ra 2019-2022 yillar bo‘yicha umumiy reytingda O‘zbekiston o‘n ikki o‘ringa ko‘tarildi va 2022 yilda 113 ta mamlakat orasida 73-o‘rinni egalladi.

O‘zbekiston 2019-2022 yillarda oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha eng yuqori o‘sish ko‘rsatkichlariga erishgan 10 mamlakat ichida birinchi o‘rinni egalladi.

O‘zbekiston «Iqtisodiy foydalana olish imkoniyati» kategoriyasi bo‘yicha 18 o‘ringa, «Sifat va xavfsizlik» kategoriyasi bo‘yicha 3 o‘ringa, «Barqarorlik va moslashish» kategoriyasi bo‘yicha 36 o‘ringa ko‘tarildi.

Bildirilishicha, kelgusida O‘zbekistonning reytingdagi o‘rnini yaxshilash uchun quyidagilar lozim: ichki bozorda oziq-ovqat taklifini oshirish, import ta’minotini diversifikatsiya qilishni ta’minlash, sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha milliy tavsiyalarni ishlab chiqish, oziq-ovqat mahsulotlarini markirovka qilishni joriy etish va boshqalarni amalga oshirishni jadallashtirish.

Top