10:52 / 04.10.2022
2395
Ruhiy kasallik bo‘yicha dispanser hisobi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani olish tartibi tushuntirildi

Ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hisobida turish yoki turmaslik to‘g‘risidagi ma’lumotnomani olish tartibi ma’lum qilindi.

Foto: Kun.uz

“Davlat xizmatlari yangiliklari” kanalida yozilishicha, Sog‘liqni saqlash vazirligi davlat xizmatini ko‘rsatuvchi sub’yekt hisoblanadi.

Bunda, murojaatlar Davlat xizmatlari markazi va YaIDXP - my.gov.uz orqali qabul qilinadi. Xizmatdan jismoniy shaxslar foydalanishi mumkin.

Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: 6 000 so‘m (BHM 2,0 foizi). Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YaIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

«Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun belgilangan yig‘im 50 foizi miqdorida chegirma qo‘llaniladi. Arizani ko‘rib chiqish muddati – real vaqt rejimida.

Prezident farmoni bilan 2021 yil 1 iyundan boshlab davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat tashkilotlari va muassasalari, tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan aholidan ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma talab qilinmaydi.

Mavzuga oid
Top