16:00 / 14.10.2022
4658

Dunyoning eng muhim sport voqealarini endi Beeline TV ilovasida tomosha qilish mumkin

Beeline TV o‘z xizmati doirasida butun dunyo bo‘ylab sport musobaqalarini translatsiya qilishni boshlaydi. 2022 yilning oktabr oyida Setanta Spors obunasi asosiy futbol va hokkey ligalari o‘yinlarini ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lgan ikki telekanalni o‘z ichiga oldi.

Foto: Beeline TV

Shuningdek, paketga UFC (jang san’ati), Professional tennischilar uyushmasi (katta tennis) turnirlari va boshqa ommabop sport turlarining translatsiyalari kiradi.

—  O‘zbekiston aholisi sport musobaqalarini juda yaxshi ko‘rishlarini va Beeline TV telekanalining turli o‘yinlar ko‘rsatuvlari ko‘plab tomoshabinlarni yig‘ishini bilamiz. Foydalanuvchilarimizga hordiq chiqarish uchun yanada ko‘proq imkoniyatlar yaratish maqsadida biz asosiy sport kanallaridan biri Setanta Spors bilan muzokaralar olib bordik. Endi bizning Beeline TV ilovamizda foydalanuvchi istalgan qulay joyda, masalan, Angliya Premer-ligasi o‘yinlarini 24 soat ichida jonli yoki yozib olingan holda tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ikkita somsa narxi evaziga bir oy davomida asosiy sport tadbirlarini tomosha qilish foydali yechimdir, - dedi Beeline Uzbekistan’ning digital texnologiyalari bo‘yicha direktori Tilek Axmatov.

Beeline TV ilovasida iOs/Android/SmartTV uchun ko‘rsatuvlar barcha Beeline abonentlari uchun mavjud bo‘lib, obuna narxi oyiga 14 999 so‘mni tashkil qiladi. Xizmat va obuna shartlari haqida batafsil ma’lumot Beeline TV saytida.

***

Unitel MChJ 2006 yilning 12 sentabrdan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Amsterdam (Niderlandiya) shahrida joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya holdingi tarkibiga kiradi.

VEON 7 mamlakatda 220 milliondan ortiq obunachiga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarini provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashgan.

Beeline Uzbekistan'da 1.6 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006 yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1.3 milliard AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Beeline SB'ning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 1.9 milliard dollardan ortiq soliq to‘langan.

Sayt: beeline.uz

Facebook: fb.com/beeline.uz

Instagram: @beeline_uzbekistan

Telegram: t.me/beelineuzbekistan 

Twitter: twitter.com/beeline_uz

LinkedIn: linkedin.com/company/beeline-uzbekistan

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top