13:49 / 17.10.2022
4884

9 oyda qariyb 70 ming dona Cobalt avtomobili ishlab chiqarildi

9 oyda eng ko‘p Cobalt avtomobili ishlab chiqarilgan.

Avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2022 yilning yanvar-sentabr oylarida ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni ma’lum qilindi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘rsatilgan davrda 69 816 dona Cobalt avtomobili ishlab chiqarilgan.

Bundan tashqari, yanvar-sentabr oylarida 64 074 dona Lacetti-Gentra hamda 52 673 dona Damas ishlab chiqarildi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan avtomobillar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Nexia T-250 - 17 735 dona;
  • Spark - 11 119 dona;
  • maxsus yengil avtomobillar - 14 389 dona.
Mavzuga oid
Top