Iqtisodiyot | 10:16
417
1 daqiqa o‘qiladi

Transport xizmatlari hajmi oshdi: asosiy ulush Toshkent shahriga to‘g‘ri keldi

2025 yil yanvar–noyabr oylarida mamlakatda transport xizmatlari hajmi 168,4 trln so‘mni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 12,9 foizga ko‘p.

Foto: Kun.uz 

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, hududlar kesimida eng katta hajm Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelgan — 38,6 trln so‘m. Keyingi o‘rinlarda Samarqand viloyati (12,8 trln so‘m) va Toshkent viloyati (12,2 trln so‘m) qayd etilgan.

Shuningdek, Farg‘ona viloyatida transport xizmatlari hajmi 9,8 trln so‘m, Andijon viloyatida 7,9 trln so‘mni tashkil etgan. Buxoro viloyati — 6,9 trln so‘m, Qashqadaryo viloyati — 6,8 trln so‘m, Namangan viloyati — 6 trln so‘m, Xorazm viloyati — 5,6 trln so‘m, Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 4,5 trln so‘m.

Qolgan hududlar bo‘yicha ko‘rsatkichlar: Surxondaryo viloyati — 3,5 trln so‘m, Navoiy viloyati — 3,4 trln so‘m, Jizzax viloyati — 2,4 trln so‘m, Sirdaryo viloyati — 1,3 trln so‘m.

Mavzuga oid