2022 yil sentabr oyida meva-sabzavot mahsulotlari narxlarining avgust oyiga nisbatan, ya’ni bir oyda o‘rtacha o‘zgarish holati ma’lum qilindi.

Foto: Kun.uz
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bir oyda pomidor – 36,0 foizga oshgan. Bodring narxi – 17,4 foizga qimmatlashgan.
O‘z navbatida, kartoshka – 1,8 foizga, banan – 1,0 foizga, shaftoli – 0,8 foizga oshgan.
Bir oy davomida narxi arzonlashgan mahsulotlar esa quyidagicha ko‘rinish oldi:
- limon – 8,0 foiz;
- uzum – 7,9 foiz;
- piyoz – 7,2 foiz;
- olma – 4,6 foiz;
- nok – 3,2 foiz;
- qovun – 2,2 foiz;
- tarvuz – 1,7 foiz;
- sabzi – 1,0 foizga arzonlashgan.