11:58 / 24.10.2022
10201
Qarshi shahrida ammasining uyiga borib qotillikka qo‘l urgan 18 yoshli yigitga sud hukm o‘qildi

Sud hukmiga ko‘ra ammavachchasining qotiliga aylangan yigit 12 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini olgan.

Videodan kadr

2022 yil 31 may kuni noma’lum shaxs Qarshi shahridagi Komilon” MFYda joylashgan xonadonlardan biriga bosqinlikka kirgani va 1995 yilda tug‘ilgan yigitni o‘ldirib chiqib ketgani haqida xabarlar tarqaldi.

Viloyat prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan surishtiruvlarda bosqinchilik va qotillikni 11-sinf o‘quvchisi sodir etgani aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha 2004 yilda tug‘ilgan yigit o‘z ammasining uyiga bosqinchilikka tushgan va ammavachchasini o‘ldirgan.

Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan gumonlanuvchi O.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi (og‘irlashtiruvchi holatda qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangandi.

Nasaf TV’da xabar berilishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudida o‘tkazilgan sud majlisida sudlanuvchiga hukm o‘qilgan. Sudya ayblanuvchining jinoyatni voyaga yetmasdan avval sodir etgani, qilmishiga pushaymonligi hamda jabrlanuvchi tomon da’vosidan voz kechganini inobatga olib, unga 12 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosini bergan.

Mavzuga oid
Top