Jinoyat işlari böyiça Uzun tuman sudi hukmi bilan 1981 yilda tuğilgan A.Ş. Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 126-1, 127, 25, 135 va 138-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Sud unga 13 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosini tayinladi.

Şu iş doirasida 1975 yilda tuğilgan M.Ş., 1978 yilda tuğilgan K.Ş. va 1951 yilda tuğilgan Z.A. ham aybdor deb topildi. Sud hukmiga köra, M.Ş. va K.Ş.ga 9 yildan ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Z.A.ga esa 5 yil muddatga ozodlikni çeklaş jazosi berildi.

Eslatib ötamiz, mazkur holat 2025 yil sentabr oyida jamoatçilikka ma’lum bölgan va keng muhokamalarga sabab bölgandi. Uzun tumanida yaşirin saqlangan ayol homilador holatida uşbu xonadonga olib kelingan, farzandini uy şaroitida dunyoga keltirgan va tuğuruqdan söng bolasi undan olib qöyilgan. Ayolning özi esa molxonaga qamalgan, kaltaklangan va inson qadrini yerga uradigan şaroitlarda saqlangan.

Jabrlanuvçi oçlikdan ölmaslik uçun tarvuz pöçoqlari va mollarga taşlanadigan mahsulot qoldiqlarini yeb jon saqlagan. Kun.uz Uzun tumanida bölib, guvohlar va voqea tafsilotlari asosida jurnalist suriştiruvi tayyorlagan edi.