Xitoydan kiyim keltirib sotuvçi Qumri Qodirovaning ismi danğaraliklarning tiliga bir oyda ikki marta tuşdi: avvaliga danğillama töy qilib, yakka-yu yagona öğli Jamşidni uylantirgani haqidagi gap el oralagan bölsa, köp ötmay odamlar uning yaşaş xonadoni yonib ketgani, uydan özi va yangi kelin-kuyovning murdasi topilganini gapira boşlaşdi. Ammo yonğin baxtsiz hodisa emas, mudhiş qotillikni yaşiriş uçun qöllangan çora ekanini, öşa tunda uyda bölgan 3 kişi vahşiylarça söyib taşlanganini hamma ham bilmasdi.

Farğona viloyati Danğara tumanida sodir etilgan mudhiş jinoyat garçi oradan qariyb 10 yil ötganiga qaramay u haqda eşitganlarni hamon hayratdan yoqa uşlaşga majbur qiladi. Negaki, köpçilik tumanning Guliston köçasi 38-uyda sodir bölgan yonğinni avvaliga baxtsiz hodisa deb öylaşgandi. Ammo olov mudhiş jinoyatni yaşira olmaydi: köp ötmay bu aslida qotillik ekani oydinlaşadi.

Tundagi yonğin 

Danğara tumanida yaşovçi Qumri Qodirova savdogarlik qilardi. Xitoy davlatidan kiyim-keçak keltirib sotiş bilan şuğullangan ayol yakka-yu yagona farzandi Jamşidni yolğiz özi ulğaytirgandi. Atrofda yaşovçilar uni puldor ayol sifatida tanir, savdogarligi ortidan unça-munça boylik orttirib qöygan, deb bilişardi.

2016 yilning 29 noyabrdan 30 noyabrga ötar keçasi Qumri Qodirova yaşab kelgan xonadonda yonğin çiqadi. 30 noyabr kuni erta tongdan mahallaga savdogar opaning uyi yonib ketgani haqidagi gap tarqaladi. Eşitgan eşitmaganga şivirlar, kimdir gazdan desa, yana kimdir boşqa taxmin aytardi. Biroq köp ötmay odamlar tilidagi bu taxminlar yöqqa çiqadi: yonğin xavfsizligi xodimlari olovni öçiriş jarayonida Qumri Qodirova, öğli Jamşid Qodirov hamda kelinining kömirlaniş darajasida termik kuygan murdalariga duç kelişgandi.   

Devordagi tuynuk va yöqolgan seyf

Yonğin sodir bölgan xonadonni örganiş çoğida heç kim yaşamaydigan qöşni hovli devori buzilib, odam siğadigan tuynuk oçilgani hamda uydan temir seyf yöqolgani ma’lum böladi. Huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlarida bu bosqinçilikdan söng sodir etilgan qotillik ekaniga, xonadonga jinoyat izlarini yöqotiş uçun öt qöyilganiga şubha qolmaydi. Ammo uşbu mudhiş jinoyatni kim yoki kimlar qilgan?

Holat yuzasidan jinoyat işi oçilib, tezkor qidiruv-suriştiruv işlari boşlanadi. Jinoyat Qumri Qodirovani tanigan-bilgan, uning iqtisodiy ahvolidan xabardor bölgan şaxs tomonidan sodir etilgani aniq edi. Biroq ha deganda kalavaning uçi topilavermaydi.