09:19 / 06.11.2022
12518

Buxoro viloyatida 4 balli zilzila qayd etildi

6 noyabr kuni soat 08:56 da O‘zbekiston hududida yer silkinishi sodir bo‘ldi.

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qilishicha, zilzila epimarkazi Buxoro viloyati, Peshko‘ tumanida joylashgan. Zilzila koordinatalari: 40,74 gradus shimoliy kenglik; 63,63 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4. Chuqurlik 15 km. Zilzila epimarkazi Toshkentdan 472 km janubiy-g‘arbda.

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

  • Peshko‘ tumanida 4 ball, 26 km.
  • Shofirkon tumanida 2-3 ball, 66 km.
  • Konimex tumanida 2 ball, 90 km.
  • Jondor tumanida 2 ball, 91 km.
  • Romitan tumanida 2 ball, 95 km.

5 noyabr kuni tongida Toshkent shahrida ham 4 ballik zilzila kuzatilgandi.

Top