15:32 / 07.11.2022
7433

Meta konserni xodimlarini yoppasiga ishdan bo‘shatishni rejalashtirmoqda

Facebook bosh kompaniyasida minglab ish o‘rinlari xavf ostida. Mutaxassislar ro‘y berayotgan hodisani konserning reklama daromadlari qisqarishi bilan bog‘lashmoqda, deb yozadi The Wall Street Journal.

Foto: AFP

Facebook ijtimoiy tarmog‘i bosh kompaniyasi - Meta ish o‘rinlarini jiddiy qisqartirishni rejalashtirmoqda, bu esa «minglab» xodimlarni xavf ostiga qo‘yadi, deya xabar beradi The Wall Street Journal 6 noyabr, yakshanba kuni insayderlarga tayanib. Konsernning rasmiy xabar e’lon qilishi 9 noyabr kuni kutilmoqda.

Facebook'dan tashqari Instagram ijtimoiy tarmog‘i va WhatsApp messenjeriga ham egalik qiluvchi Meta kompaniyasida butun dunyo bo‘ylab 87 mingga yaqin odam ishlaydi. Uchinchi chorakda konsern daromadlari va aylanmasining pasayishi qayd etildi. Daromad 29 milliard dollardan 27,7 milliard dollarga tushdi, foyda esa ikki baravar qisqarib, 4,4 milliard dollarga yetdi.

Meta rahbari Mark Tsukerberg rahbari oktabr oyi oxirida keyingi chorak uchun moliyaviy hisobot taqdimotida optimistik kayfiyatda ekanligini va hozirgi sinovlar natijasida konsern yanada kuchayishiga ishonchi komil komilligini aytgandi. Meta, asosan, reklama daromadiga tayanadigan boshqa yirik internet kompaniyalari kabi, hozirgi paytda iqtisodning yomonlashuvi sharoitida reklama beruvchilar marketing budjetlarini qisqartirishi sababli qiynalmoqda.

Top