15:43 / 07.11.2022
7681

Misr aviakompaniyasi Toshkentga birinchi reysini amalga oshirdi

Joriy yilning 7 noyabr kuni Misrning Red Sea Airlines aviakompaniyasi Toshkentga birinchi reysini amalga oshirdi.

Foto: Uzbekistan Airports

Uzbekistan Airports xabariga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan soat 11:49 da Sharm-ash-Shayx — Toshkent — Sharm-ash-Shayx yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilgan Boeing 737 samolyoti ilk bor Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ndi. 

Qayd etilishicha, bortida 171 yo‘lovchi bo‘lgan samolyot suv arkasi bilan tantanali ravishda kutib olingan.

Sharm-ash-Shayxdan Toshkentga muntazam ravishda charter reyslari har hafta — dushanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Red Sea Airlines — Sharm-ash-Shayx xalqaro aeroportida joylashgan Misrning charter aviakompaniyasi hisoblanadi.

Mavzuga oid
Top