23:43 / 10.11.2022
20961

1 trillion dollar yo‘qotgan dunyodagi birinchi kompaniya ma’lum qilindi

Amazon elektron tijorat kompaniyasi bozor qiymati 1 trillion dollarni yo‘qotgan dunyodagi birinchi korxona bo‘ldi. 

Foto: Reuters

Bloomberg xabariga ko‘ra, Amazon kompaniyasining 2022 yil uchinchi choragidagi (iyul-sentabr) salbiy natijalari, ya’ni daromadi 10 foizga kamaygani e’lon qilingach, investorlar uning rekord miqdordagi aksiyalaridan xalos bo‘lishgan. 

Qayd etilishicha, 2021 yil iyul oyida Amerika kompaniyasining bozor kapitallashuvi eng yuqori ko‘rsatkichga – 1,88 trillion dollarga yetgan. 9 noyabrdagi savdolar chog‘ida Amazon aksiyalari 4,3 foizga arzonlashdi va bu kompaniyaning bozor qiymatini 879 milliard dollargacha pasaytirdi. 

Endi dunyoda bozor qiymati 1 trillion dollardan ortiq bo‘lgan atigi to‘rtta kompaniya qolgan – Apple, Saudi Aramco, Microsoft va Alphabet. 

Mavzuga oid
Top