Suriya poytaxti Damaşq «Baas» rejimi ağdarilganidan söng öz birjasini qayta oçdi. Bu haqda Suriya axborot agentligi xabar berdi.
Oçiliş marosimida iqtisodiyot va sanoat vaziri Nidal Şaar, aloqa va axborot texnologiyalari vaziri Abdusalom Haykal, moliya vaziri Muhammad Yusr Berniye, Markaziy bank raisi Abdelqodir Hasriye, şuningdek, qator kompaniyalar vakillari iştirok etdi.
Oçilişda sözga çiqqan moliya vaziri Berniye birjaning qayta oçilişi mamlakatda iqtisodiy tiklaniş boşlanganidan dalolat ekanini aytdi. Uning qayd etişiça, Damaşq fond birjasi xususiy kompaniya sifatida faoliyat yuritadi, haqiqiy iqtisodiy markazga aylanadi va raqamli transformatsiyaga moslaşadi.
Berniyening ta’kidlaşiça, ularning iqtisodiy qaraşlari adolat, tenglik, xususiy sektor yetakçiligi va sarmoya jalb etişga asoslangan. «Biz işbilarmonlik muhitini soddalaştiriş ustida işlaymiz. Bizni rağbatlantiruvçi sarmoyaviy istiqbollar kutib turibdi», dedi u.
Şuningdek, u birja xususiy sektor uçun raqobatçi bölib qolmasligini, aksinça, birlaştiruvçi va qöllab-quvvatlovçi rol öynaşini qöşimça qildi.
Vazirning aniqlik kiritişiça, oçiliş faqat sinov bosqiçi bölib, töliq işga tuşiriş fond bozori, investitsiyalar va kompaniyalar faoliyatini tartibga soluvçi tegişli qonunlar qabul qilingandan keyin amalga oşiriladi.
Marosim yakunida Berniye va boşqa rasmiy şaxslar birgalikda birja qönğiroğini urib, ramziy ma’noda oçilişni nişonladilar.

















