2022 yil 14 noyabr kuni O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov ishtirokida Tashqi ishlar vazirligi hay’atining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Majlisda O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi rahbari O‘zbekiston prezidentining PQ-420-son qarori bilan tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan Furqat Siddiqovni tanishtirdi.
F.Siddiqov bungacha O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Yig‘ilishda O‘zbekiston prezidentining PQ-421-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari etib tayinlangan Bahrom A’loyev ham tanishtirildi.
B.A’loyev bungacha O‘zbekistonning Kuvaytdagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimida ishlagan.