09:44 / 19.11.2022
5547

O‘zbekistonda ishsizlar soni 1,3 mln kishini tashkil etishi ma’lum qilindi

O‘zbekiston Respublikasining mehnat ko‘rsatkichlari raqamlarda e’lon qilindi.

2022 yilning yanvar-sentabr oylarida respublikaning mehnat ko‘rsatkichlari statistik raqamlarda e’lon qilindi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, mehnat resurslari soni – 19,5 mln kishini tashkil etmoqda.

Bunda, mehnat bilan band bo‘lgan aholi soni – 13,8 mln kishiga, bandlik darajasi esa – 68,0 foizga teng ekani aytiladi.

Shuningdek, ishsizlar soni – 1,3 mln kishini, ishsizlik darajasi – 8,6 foizni tashkil etyapti.

Iqtisodiy faol bo‘lmagan aholi soni – 4,3 mln kishiga teng.

Top