09:00 / 26.11.2022
6578

Agrobank “DaVinchi mukofoti- 2022” tanlovida g‘olib bo‘ldi

Agrobank O‘zbekistonda munosib ish beruvchilarni mahalliy, davlat va xalqaro toifalarda aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan “DaVinchi mukofoti- 2022” tanlovida “Eng yaxshi o‘quv markazi” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib bo‘ldi. 

Foto: Agrobank

25 noyabr kuni Toshkentda “Davinchi Management Consulting” kompaniyasi tomonidan HR sohasida O‘zbekistonda munosib ish beruvchilarni mahalliy, davlat va xalqaro toifalarda aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan “DaVinchi mukofoti- 2022” tanlovining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Foto: Agrobank 
Foto: Agrobank 

Tanlovda Agrobank tomonidan olib borilayotgan transformatsiya jarayonlari e’tirof etildi. Jumladan, bankni transformatsiya jarayonida xorijiy nufuzli kompaniyalar bilan birgalikda tavakkalchiliklarni boshqarish tizimi, skoring modelining dastlabki bosqichi yo‘lga qo‘yilgan edi.  

Foto: Agrobank 
Foto: Agrobank 

Bank faoliyatida transformatsiya hamda HR yo‘nalishidagi amaliy ishlari mazkur yo‘nalishda yuqori baholanib, “Eng yaxshi o‘quv markazi” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib bo‘ldi.

“Agrobank” ATB Matbuot xizmati

Top