21:14 / 28.11.2022
6985

Saudiya Arabistoni Ar-Riyodda ulkan aeroport qurmoqchi 

Havo kemalari bandargohi yiliga 185 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi. 

Foto: Reuters

Saudiya Arabistoni poytaxt Ar-Riyod shahrida yiliga 185 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsata oladigan dunyodagi eng yirik aeroportlardan birini qurish niyatida. 

Aeroport 57 kv km maydonda joylashadi va Saudiya Arabistoni davlat investitsiya fondiga (PIF) tegishli bo‘ladi. 

Yangi aeroport oltita uchish-qo‘nish yo‘lagi bilan jihozlanadi, bu esa 2030 yilga borib 120 million kishiga, 2050 yilga borib 185 million kishiga xizmat ko‘rsatish imkonini beradi. Unga sarflanadigan elektr energiyasi qayta tiklanadigan manbalardan olinishi kutilmoqda. 

Avvalroq Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon mamlakatda turizm sohasini rivojlantirish uchun 1 trillion dollar sarmoya kiritishga va’da bergan edi. Sarmoyadan maqsad 2030 yilgacha 100 millionga yaqin xorijiy sayyohni jalb etishdir. 

Top