14:51 / 04.12.2022
46576

Toshkentda Lacetti yo‘l chetidagi piyodalarni bosib ketdi

Tezlikni oshirgan Lacetti haydovchisi boshqa ikki mashinaga urildi va yo‘l chetida turgan olti nafar piyodani bosib ketib, ularning ikki nafarini o‘ldirdi.

Foto: Toshkent shahar IIBB

Toshkent shahar IIBB Uchtepa tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi haqida ma’lumot berdi.

«Joriy yil 4 dekabr kuni taxminan soat 06:15 larda Uchtepa tumani Farhod ko‘chasi 2-uy ro‘parasida 1996 yilda tug‘ilgan R.I. boshqaruvidagi davlat raqami 01 O 992 DA bo‘lgan Lacetti rusumli avtomashinani boshqarib ketayotib yo‘l-transport hodisasini sodir etgan.

Ya’ni 1982 y.t. A.A. boshqaruvidagi davlat raqami 01 R 918 VB bo‘lgan Nexia-3 rusumli avtomashina bilan to‘qnashib, olti nafar piyodani ham urib yuborgan, so‘ng yo‘l chetida harakatsiz turgan 1995 y.t. M.V. boshqaruvidagi davlat raqami 01 J 658 NA bo‘lgan Matiz rusumli avtomashina bilan to‘qnashgan.

YTH natijasida Lacetti haydovchisi hamda to‘rt nafar piyoda (1974 y.t. N.S., 1986 y.t. M.U., 1987 y.t. Yu.Sh., 1994 y.t. E.M.) turli darajadagi tan jarohatlari bilan RShTYoIMga yotqizilgan.

Ikki nafar piyoda (1960 y.t. Q.X., 1982 y.t. G.F.) olgan tan jarohatlari natijasida vafot etgan. Ularning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz», deyiladi xabarda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasiga Lacetti haydovchisi tezlikni me’yoridan oshirib, rul boshqaruvini yo‘qotgani sabab bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zgatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Top