Toşkent şahrida 37 gektar maydonda Uchtepa City loyihasi amalga oşiriladi. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev 16 dekabr kungi yiğilişda ma’lum qildi.

Davlat rahbariga köra, loyiha qiymati 1 mlrd dollar bölib, uning doirasida zamonaviy mehmonxona, biznes markazlar, savdo-köngiloçar majmua va apartamentlar quriladi.

Şuningdek, Çilonzor, Yakkasaroy, Olmazorda ham 2,5 milliard dollarlik şunday loyihalar amalga oşiriladi.

Mirzo Uluğbek, Yunusobod, Mirobod va Yaşnobodda esa sun’iy intellekt, startap, fintex, moliya, tibbiyot va ta’lim sohasida 1 milliard dollarlik loyihalar amalga oşiriladi.