00:32 / 04.12.2022
16214

Turkiyaning birinchi uchuvchisiz qiruvchi samolyoti sinov parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirdi

Bayraktar Kizilelma tovushdan tez uchuvchi qiruvchi dron bo‘ladi.

Turkiyaning Baykar kompaniyasi bosh direktori Seljuq Bayroqtor mamlakatning birinchi qiruvchi droni Bayraktar Kizilelma sinov parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirganini e’lon qildi.

«Bayraktar Kizilelma — inshoolloh, juda oz vaqt qoldi», deb yozdi u ijtimoiy tarmoqda.

Kizilelma — MIUS jangovar uchuvchisiz samolyotlar kompleksi loyihasi doirasida yaratilgan, tovushdan tez uchuvchi qiruvchi samolyotdir. U Ukrainaning AI-322F yoki Turkiyaning TF-6000 dvigateli bilan jihozlanishi mumkin.

Baykar kompaniyasi o‘zining Bayraktar TB2 harbiy dronlari bilan nom qozongan. Ukrainadagi urushda ukrainalik harbiylar Bayraktar TB2 dronlaridan rus qo‘shinlariga qarshi faol foydalanmoqda.

Avvalroq Baykar kompaniyasi Ukrainada hujumchi dronlarni ishlab chiqaruvchi zavod qurilishini ikki yil ichida yakunlash rejalashtirilayotgani haqida xabar bergan edi.

Mavzuga oid
Top