17:21 / 15.12.2022
46156

Prezident energiya ta’minotidagi kamchiliklar uchun 7 nafar rahbarga «hayfsan» berdi

Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari va ushbu rahbarlarga ikki oy davomida favqulodda rejimda ishlashga topshiriq berildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar uchun Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov, «O‘zbekneftgaz» raisi Mehriddin Abdullayev, «Issiqlik elektr stansiyalari» raisi F.Abdurahmonov, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» raisi D.Isaqulov, «Hududiy elektr tarmoqlari» raisi U.Mustafoyev, «O‘ztransgaz» raisi B.Normatov, «Hududgazta’minot» raisi B.Eshmurodovga «hayfsan» berildi.

«Agar ular odamlarni aniq reja va tahlil bilan ogohlantirganida, adolatli haqiqatni aytganida, odamlarimiz to‘g‘ri tushunib, norozi bo‘lmas edi», dedi Prezident.

Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari va ushbu rahbarlarga ikki oy davomida favqulodda rejimda ishlashga topshiriq berildi.

«Kuni-kecha Uchtepani aylanib, pastdagi ahvol bo‘yicha xulosalarimni qildim. 

Ichki ko‘chalar, uy-joylar oldi tozaligini ham sizlarga Prezident aytishi kerakmi?» – degan prezident.

Hududlarga so‘nggi yillarda 30 mingdan ortiq shtat berilib, mahallalarda sharoitlarni yaxshilash uchun bu yilning o‘zida 12 trillion so‘m berilgani ko‘rsatib o‘tildi.

Tuman hokimining 6-7 nafar o‘rinbosari, 4 ta sektor rahbari, mahalla raislari, boshqaruv kompaniyalari shu oddiy ishlarni qila olmagani, xonadonlarga kirib, aholi bilan muloqot qilmagani tanqid qilindi.

Mavzuga oid
Top