Şavkat Mirziyoyev raisligida tadbirkorlik va sanoatni rivojlantiriş, aholi bandligini ta’minlaş çora-tadbirlari yuzasidan videoselektorda bugungi oğir vaziyatda elektr va tabiiy gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanişlar, öğriliklar davom etayotgani, bunga joylardagi rahbarlar befarq va şerik bölayotganiga çidab bölmasligi qayd etildi.
Dekabr oyi boşidan qariyb 3 mingta, sönggi ikki kunda esa 1,5 mingta bunday holat aniqlangan. Ular, ayniqsa, Farğona (617 ta), Andijon (325 ta), Samarqand (252 ta), Namangan (220 ta), Sirdaryo (218 ta), Toşkent şahrida (269 ta) köp.
Misol uçun, elektrdan 8 million kilovatt öğirlangan, bu kuz-qiş mavsumida 41 ming hovli uylarning bir oylik iste’moliga teng. Şu bilan birga, 11,5 million kub metr yoki 19 ming xonadonning bir oylik iste’moliga teng tabiiy gaz noqonuniy işlatilgani aniqlandi.
Ötgan hafta Namanganda 110 tonna, Qoraqalpoğistonda 22 tonna aholiga berilişi kerak bölgan kömir noqonuniy ravişda sotib yuborilgan.
«Bu viloyatlar hokimi, prokurori, içki işlar idoralari nima bilan band?» — deya savol qöydi prezident.
Viloyat hokimlari qozonxona, gaz va kömir tarqatiş şoxobçalari, avtopark, elektr tarmoqlariga borib, işlarni közi bilan körmagani, bu işlarni taşlab qöygani keskin tanqid qilindi.
















