Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida tadbirkorlik va sanoatni rivojlantiriş, aholi bandligini ta’minlaş çora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yiğilişi boşlandi.

Yiğiliş avvalida davlat rahbari sönggi kunlarda aholini qiynayotgan energiya ta’minoti masalasiga töxtalib ötdi.

Oxirgi olti yilda sohada katta özgarişlar bölgani, jumladan:

  • 5 ming megavattdan ortiq yangi elektr quvvatlari yaratilgani (avvalgi 25 yilda bor-yöği 3,3 ming megavatt quvvatlar işga tuşgan);
  • 45 ming kilometr elektr tarmoqlari va 13 mingdan ortiq transformator punktlari yangilangani (bu ham avvalgi yillarga nisbatan 3-4 baravar köp);
  • suyultirilgan gaz va kömir işlab çiqariş hajmlari 1,5 baravarga oşgani ta’kidlandi.

«Lekin bir hafta bölgan sovuqda O.Ramatov, M.Abdullayev, F.Abdurahmanov, D.Isaqulov, U.Mustafoyev, B.Normatov, B.Eşmurodov, viloyat, tuman, şahar hokimlari va sektor rahbarlari pastda işlamagani körinib qoldi. 

Ular qişga tayyorgarlikni barbod qildi, şunça qilayotgan islohotlarimizni obrösizlantirdi.

Vaholanki, ularning tizimida 115 mingdan ziyod xodimlardan iborat katta armiyasi bor. Ular ham oylik oladi», dedi prezident.

Yiğilişda bugungi oğir vaziyatda elektr va tabiiy gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanişlar, öğriliklar davom etayotgani, bunga joylardagi rahbarlar befarq va şerik bölayotganiga çidab bölmasligi qayd etildi.

Dekabr oyi boşidan qariyb 3 mingta, sönggi ikki kunda esa 1,5 mingta bunday holat aniqlandi. Ular ayniqsa, Farğona (617 ta), Andijon (325 ta), Samarqand (252 ta), Namangan (220 ta), Sirdaryo (218 ta), Toşkent şahrida (269 ta) köp.

Misol uçun, elektrdan 8 million kilovatt öğirlangan, bu – kuz-qiş mavsumida 41 ming hovli uylarning bir oylik iste’moliga teng.

Şu bilan birga, 11,5 million kub metr yoki 19 ming xonadonning bir oylik iste’moliga teng tabiiy gaz noqonuniy işlatilgani aniqlandi.

Ötgan hafta Namanganda 110 tonna, Qoraqalpoğistonda 22 tonna aholiga berilişi kerak bölgan kömir noqonuniy ravişda sotib yuborilgan.