Prezident rahbarligidagi videoselektorda viloyat hokimlariga 10 kun muddatda obektlarga birma-bir borib körib, şaroit va aholiga xizmat sifatini yaxşilaş, energiya sarfi va yöqotişlarni kamaytiriş böyiça taklif beriş topşirildi.

Prezident matbuot xizmati xabar berişiça, bugundan boşlab hokimlar, sektor rahbarlari hamma kuçini safarbar qilib, şaroit oğir mahallalarda odamlarni rozi qiliş bilan şuğullanişi kerakligi ta’kidlandi.

Boş prokuratura, IIV, DXX, Milliy gvardiya, Energetika vazirligiga noqonuniy ulanişlar, öğriliklar böyiça nazoratni kuçaytiriş topşirildi.

«Umuman, energiya resurslari ta’minotidagi bugungi vaziyat tarmoq va hudud rahbarlari uçun katta saboq bölişi lozim.
Energiya ta’minoti «qöl boşqaruvi» orqali emas, tizim asosida işlaşi kerak», - dedi davlat rahbari.

Ikki oy muddatda energiya ta’minoti tizimini özgartiriş, yangi talablarga moslaştiriş böyiça qaror loyihasini kiritiş vazifasi qöyildi.

Ai-80 markali benzin narxini tuşiriş uçun 1 martgaça joriy etilgan aksiz soliğidan ozod qiliş imtiyozi joylarda «öyinga aylanib ketmasligi» kerakligi qat’iy körsatib ötildi.

Boş prokuratura va Monopoliya qömitasiga viloyat hokimlari bilan birga:

  • birja savdolarida va yoqilği quyiş şoxobçalarida benzin narxining sun’iy oşib ketişining oldini oliş çoralarini doimiy körib boriş;
  • suyultirilgan gaz va kömirni aholiga öz vaqtida yetkazib beriş ustidan qat’iy nazorat örnatiş topşirildi.