23:20 / 20.12.2022
19890
Qishloq manzarasi: turp tozalovchilar

Farg‘onaning Rishton tumani Qayrag‘och qishlog‘ida asosan turp, sholg‘om ekiladi. Ayni kunlarda yig‘ishtirilgan hosil saralanmoqda. Erkak va ayollar kunlik ishga jalb qilingan. Erkaklar turpni suvda tozalab yuvib beradi. Ayollar ularni qopga joylaydi. Kunlik ishda ayollar 70-80, erkaklar esa 100-150 ming so‘m pul topadi.

“Turp qoplash uchun har kuni 20-30 nafar ishchi yollanadi. Ularni ikki mahal issiq ovqat bilan ta’minlaymiz. Hasharchilar ertalab soat 08:00dan 17:00 gacha ishlaydi.

Avazbek Xudoyberdiyev, tadbirkor

Hozirgi kunda turp va sholg‘omlar Rossiya Federatsiyasi hamda Qozog‘istonga eksport qilinyapti. Ayni paytda bir kg turpning ulgurji bahosi 700-900 so‘m, sholg‘om esa 1000 so‘mdan sotilyapti. Kezi kelganda turplar muzlatkichlarga ham joylanadi.

Qayrag‘och qishlog‘i aholisi asosan dehqonchilikdan kun ko‘radi. Qishloqda ko‘proq qizilcha, turp, sholg‘om, erta bahorda pomidor yetishtiriladi.

Ishchilarni ertalab o‘zlari to‘planib turadigan joyidan olib ketib, kechki payt yana uylariga eltib qo‘yamiz.

Kuzda daladagi hosilni yig‘ishtirishni boshlaymiz. Turplar yig‘ishtirilib to qoplangunga qadar ikki oy vaqt ketadi”, – deydi tadbirkor Avazbek Xudoyberdiyev.

Tashqari sovuq. Lekin ish qizg‘in...

Sarvar Ziyayev, Kun.uz muxbiri
Montaj ustasi: Abdusalim Abduvohidov.

Top