10:11 / 22.12.2022
4654

Bozorlarda piyoz, sabzi, guruch narxlari oshdi, shakar arzonlashdi

Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan hududiy markaziy dehqon bozorlarida kuzatuv o‘tkazilgan.

Foto: Kun.uz

Qo‘mita uning natijalari bo‘yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlari minimal-maksimal narxlarini e’lon qildi.

Narxlar quyidagicha: 

  • suyakli mol go‘shti (1 kg) ➖ 48 000 – 78 000 so‘m;
  • qo‘y go‘shti (1 kg) ➖ 55 000 – 91 000 so‘m;
  • kartoshka (1 kg) ➖ 3 000 – 6 000 so‘m;
  • piyoz (1 kg) ➖ 2 500 – 6 000 so‘m;
  • sabzi (1 kg) ➖ 2 000 – 5 500 so‘m;
  • tuxum (10 dona) ➖ 10 000 – 17 000 so‘m;
  • guruch (1 kg) ➖ 6 000 – 27 000 so‘m;
  • o‘simlik yog‘i (1 l) ➖ 16 500 – 30 000 so‘m;
  • shakar (1 kg) ➖ 11 000 – 15 000 so‘m.

Bunda dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan. Supermarket, minimarket, do‘konlardagi narxlar inobatga olinmagan.

Top