11:08 / 22.12.2022
5754

O‘zbekiston Afg‘onistonga 9 ta yuk mashinasida insonparvarlik yordami yubordi

22 dekabr kuni O‘zbekiston birodar afg‘on xalqiga 9 ta yuk mashinasida insonparvarlik yordami yubordi.

Foto: TIV axborot xizmati

Tashqi ishlar vazirligining xabar berishicha, insonparvarlik yuklari Termiz orqali Afg‘onistonning Hayraton shahriga jo‘nab ketgan. Rasmiylar insonparvarlik yuki nimalardan iboratligini ochiqlamagan.

Shuningdek, Balx viloyatidagi Hayraton shahrida ikki mamlakat rasmiylari ishtirokida insonparvarlik yordamini topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Top