15:02 / 23.12.2022
22486

Energetika vaziri gaz eksporti bo‘yicha O‘zbekiston va Xitoy statistikasidagi farqqa izoh berdi

Gaz eksportidagi O‘zbekiston va Xitoy statistikasidagi farq qanday kelib chiqmoqda?

Foto: Kun.uz

O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari, energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov gaz eskportidagi O‘zbekiston va Xitoy statistikasidagi farq qanday kelib chiqayotganiga izoh berdi.

«Tan olish kerak, ikki mamlakatning statistik hisobotlarida farq bor. Sababi, bizning statistikada faqatgina eksport qilingan gazning hajmi va uning summasi ko‘rsatilgan. Xitoy tarafi esa, umuman O‘zbekistondan import qilingan tovar va mahsulotlar xizmatlarini inobatga olgan.

Va bu yerda O‘zbekistondan eksport qilingan gazdan tashqari, O‘zbekiston hududidan Turkmanistondan tortib Xitoygacha ketgan gaz quvuri bor. U yerda bizning hududda Asia Trans Gas qo‘shma korxonasi bor. Ushbu korxona gaz transportini amalga oshirib beradi.

Ya’ni, O‘zbekiston hududidan transport qilingan gaz va tranzit xizmatlari uchun to‘langan pul. Mana shu ikkita summani qo‘shganda Xitoy statistikasi bergan raqam kelib chiqadi», deya tushuntirish bergan vazir.

O‘zbekiston statistikasida noyabr oyida 39,6 million dollarlik gaz eksport bo‘lgani ko‘rsatilgan. Xitoy statistikasi bo‘yicha esa noyabr oyida O‘zbekistondan bundan uch barobar ko‘p – 114,2 million dollarlik gaz import qilingani aks etgan.

Mavzuga oid
Top