17:26 / 23.12.2022
6971

O‘zbekiston hamyonbop uylar bo‘yicha dunyoda 75-o‘rinda qayd etildi

O‘zbekiston uy-joy sotib olish imkoniyati ko‘rsatkichlari bo‘yicha dunyoning 113 mamlakati orasida 75-o‘rinni egallab turibdi.

Foto: KUN.UZ

Numbeo tahlilchilari reytingiga ko‘ra, O‘zbekiston uy-joy sotib olish imkoniyati ko‘rsatkichlari bo‘yicha Osiyoning 40 mamlakati orasida 14-o‘rinni va dunyoning 113 mamlakati orasida 75-o‘rinni egallab turibdi.

Reytingni tuzishda kvartira qiymatining oila o‘rtacha yillik daromadiga nisbati olingan. Eng yaxshi ko‘rsatkichni Saudiya Arabistoni, BAA, Janubiy Afrika, Puerto-Riko va AQSh ko‘rsatgan.

Reyingda Qozog‘iston 33-o‘rinda, Moldova 42-o‘rinda, Ukraina 50-o‘rinda, Ozarboyjon 74-o‘rinda qayd etilgan. Armaniston (85), Rossiya (88) va Belarus (90) ko‘rsatkichi O‘zbekistonnikidan yomonroq.    

Numbeo tahlilchilari tomonidan tuzilgan yana bir reyting shahar markazidagi kvartira qiymatiga bog‘liq.

O‘zbekiston bu reytingda 14-o‘rinda qayd etilgan – 1 kv.m. o‘rtacha qiymati $1057. Eng yaxshi ko‘rsatkich Misr, Pokiston va Venesuelaga tegishli. Eng qimmat uylar Janubiy Koreya, Singapur va Hongkongda. 

Top