10:57 / 24.12.2022
38426
9 ta agentlik tugatilmoqda (ro‘yxat)

Alkogol va tamaki, vinochilikni rivojlantirish, xalqaro hamkorlik, xorijiy tillarni o‘rganish, sug‘urta bozori, davlat-xususiy sheriklik, suv xo‘jaligidagi qurilishlar, tibbiy-ijtimoiy xizmatlar, chorvanasl, innovatsion sog‘liqni saqlash kabilarga mas’ul organlar yopilyapti.

Prezident farmoniga ko‘ra, 2023 yil 1 yanvardan respublika davlat boshqaruvi organlari qayta tashkil etilmoqda.

Qayta tashkil etilayotgan vazirliklar:

  • Xalq ta’limi vazirligi negizida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashkil etilmoqda;
  • Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi negizida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tashkil etilmoqda;
  • Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi negizida Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tashkil etilmoqda;
  • Moliya vazirligi negizida Iqtisodiyot va moliya vazirligi tashkil etilmoqda;
  • Qurilish vazirligi va Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi negizida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tashkil etilmoqda;
  • Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi negizida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tashkil etilmoqda;
  • Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi negizida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashkil etilmoqda;
  • Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi negizida Raqamli texnologiyalar vazirligi tashkil etilmoqda;
  • Turizm va madaniy meros vazirligi va Madaniyat vazirligi negizida Madaniyat va turizm vazirligi tashkil etilmoqda;
  • Maktabgacha ta’lim vazirligi negizida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi tashkil etilmoqda;
  • Innovatsion rivojlanish vazirligi negizida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tashkil etilmoqda;
  • Sportni rivojlantirish vazirligi negizida Yoshlar siyosati va sport vazirligi tashkil etilmoqda.

Qayta tashkil etilayotgan qo‘mitalar:

  • Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi negizida Tabiat resurslari vazirligi tashkil etilmoqda;
  • Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi negizida Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tashkil etilmoqda;
  • Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi negizida Tog‘-kon va geologiya vazirligi tashkil etilmoqda.

Qayta tashkil etilayotgan agentlik:

  • Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi negizida Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi tashkil etilmoqda.

Qayta tashkil etilayotgan inspeksiyalar:

  • Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi, Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi negizida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat inspeksiyasi tashkil etilmoqda;
  • Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi hamda Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi negizida Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi tashkil etilmoqda;
  • Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi hamda Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi negizida Tog‘-kon va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi tashkil etilmoqda.

Qayta tashkil etilayotgan boshqa organlar:

  • Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi negizida Tabiat resurslari vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi tashkil etilmoqda;
  • Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi negizida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tashkil etilmoqda;
  • Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi negizida Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi tashkil etilmoqda;
  • Moliya vazirligi G‘aznachiligi negizida Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi tashkil etilmoqda. 

12 ta davlat boshqaruvi organi tugatiladi:

  1. Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi – qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq vazifa va funksiyalari Qishloq xo‘jaligi vazirligiga, sanoatni rivojlantirish bilan bog‘liq vazifa va funksiyalari esa Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga o‘tkazilmoqda;
  2. Vazirlar Mahkamasi huzurida Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi – vazifa va funksiyalari tegishincha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi orasida taqsimlanmoqda;
  3. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligi – vazifa va funksiyalari Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga o‘tkazilmoqda;
  4. Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi – vazifa va funksiyalari Iqtisodiyot va moliya vazirligiga o‘tkazilmoqda;
  5. Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi – vazifa va funksiyalari Iqtisodiyot va moliya vazirligiga o‘tkazilmoqda;
  6. Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligida kapital qurilish loyihalarini amalga oshirish agentligi – vazifa va funksiyalari Suv xo‘jaligi vazirligiga o‘tkazilmoqda;
  7. Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi – vazifa va funksiyalari Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga o‘tkazilmoqda;
  8. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi – vazifa va funksiyalari Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga o‘tkazilmoqda;
  9. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi “O‘zbekchorvanasl” agentligi – vazifa va funksiyalari Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasiga o‘tkazilmoqda;
  10. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi – vazifa va funksiyalari tegishincha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi orasida taqsimlanmoqda;
  11. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi – vazifa va funksiyalari Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga o‘tkazilmoqda;
  12. Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi – vazifa va funksiyalari Sog‘liqni saqlash vazirligiga o‘tkazilmoqda.
Top