Özbekistonda ekopolitsiya faoliyati yölga qöyiladi. Bu – 19 noyabr kuni e’lon qilingan prezident farmoni va qarorida körsatilgan.

Qarorga köra, quyidagilar negizida alohida yuridik şaxs bölmagan Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasining Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi (Ekopolitsiya) taşkil etiladi:

  • Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligining Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi;
  • Qoraqalpoğiston Respublikasi, Toşkent va Jizzax viloyatlaridagi tabiatni muhofaza qiliş böyiça hududiy maxsus prokuraturalar;
  • Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahri prokuraturalarining ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va örmon xöjaligi sohasidagi qonunçilik ijrosi ustidan nazorat yönalişidagi bölinmalarining optimallaştiriladigan ştat birliklari.

Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahri prokuraturalariga ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va örmon xöjaligi sohasidagi qonunçilik ijrosi ustidan nazorat yönalişida ajratilgan 40 ta ştat birligi Ekopolitsiyaga ötkaziladi.

Ekopolitsiya – Ekologiya qömitasining ekologik xavfsizlikni ta’minlaş va bu boradagi huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida huquqni muhofaza qilişga doir ayrim vazifalarga ega maxsus bölinmasi hisoblanadi.

Ekologiya qömitasi raisi bir vaqtning özida Ekopolitsiya boşliği hisoblanadi. Ekopolitsiya boşliğining örinbosari bir vaqtning özida Ekologiya qömitasi raisi örinbosari hisoblanadi va Ekopolitsiyaning tezkor ştabiga rahbarlik qiladi.

Ekopolitsiya xodimlariga jismoniy kuç işlatiş, maxsus vositalarni (elektroşok qurilmalarini) va xizmat qurolini (rezina öqli, tör otuvçi) qöllaş huquqi beriladi. Ularning maxsus kiyimiga bodi kameralar örnatiladi.