Xayrullo Muhammedov şaşlikçilar sulolasining eng keksa vakili. 61 yoşli otaxon 12 yoşidan beri şaşlik pişiradi. Uning katta bobolari, amakilari, öğillari ham şu işning hadisini olgan kişilar. Hozir şaşlikçilar safi kengayib, nabiralari ham şu hunarga qiziqa boşlayapti. Uning aytişiça, bu hunar ularga qondan ötadi.

«Katta bobolarimiz amirlar davrida ham şaşalik pişirgan. Otam meni yoki men öğillarimni bu hunarni qilişga majburlamaganmiz. Kiçikligimizdan şu muhit içida yurib, mehrimiz tuşgan. Özim ham maktabdan qoçib kelib, şaşlik pişirişga qiziqqanman, maktabda öqimagan bölsam ham Allohdan xafa emasman. Çunki hamma ham ilmli bölolmaydi, kimdir kasb örganadi. Kimdir olim, kimdir şifokor, kimdir militsioner, biz esa şu işning nonini yeb katta bölganmiz», — deydi Xayrulla bobo.
Şaşlik pişiriladigan çoyxonani ham otasi nomiga «Yusufustozoda» deb qöyişgan. Bu yerdan xörandalar oyoği uzilmaydi. Çoyxonada sörilar qilib qöyilgan, bedanalar ovozi bilan haqiqiy ötgan asrlar nafasi sezilib turadi. Şuning uçunmi, bu kaboblarning xörandalari faqat özbekistonliklar emas. Xayrullo bobo xonadoniga xorijdan ham mehmonlar keladi. Şaşlikni sayyohlar köz öngida pişirib körsatişadi. Xorijliklar orasida qiziqadiganlar bölsa, birgalaşib tayyorlaşadi.


«Şu bilan tumanimizga köproq turistlarni jalb qilişni istaymiz», — deydi kabobpaz.
Xayrullo bobo pişiradigan şaşlik turlari 20 xildan ortiq. Bu haqda uning öğli, sulolaning 5-avlodi Habibullo Yusupov gapirib berdi.

«Bu yerda qöy göşti, jigardan, göştning lahm joyidan, qovurğalardan kaboblar bor. Şuningdek, rulet, napoleon, semeçka şaşlik, sabzavotli şaşlik kabi bir neça turlarini ham tayyorlaymiz. Mijoz istagiga qarab, pişirib beraveramiz», — deydi Habibullo.





















