Kun.uz'da G‘ijduvon tumanidagi 53-sonli MTTda bolalar kaltaklanganiga oid xabar e’lon qilingach, Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.
Unga ko‘ra, tarbiyachi mehnat majburiyatlarini qo‘pol buzgani sabab u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi tashkilot direktorining 30 iyundagi tegishli buyrug‘i bilan bekor qilingan.
Ayni paytda maktabgacha ta’lim tashkilotida bu holatni yuzaga keltirgan sabablar o‘rganilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilayotgani ma’lum qilindi.







