08:58 / 30.12.2022
7932

Pepsi kompaniyasi aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga bayram sovg‘alarini ulashdi

Foto: Pepsi

Yangi yil bayrami arafasida sovg‘alar ulashish va xayrli ishlar qilish ezgu an’anaga aylangan. Ayniqsa, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyatga ega.

“International Beverages Tashkent” kompaniyasi (PepsiCoʼning O‘zbekistondagi rasmiy bottleri) ham Yangi yil tadbirlari doirasida Toshkent shahrining Sergeli tumani Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlariga oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklardan iborat 400 dona sovg‘alar to‘plamini topshirdi.

Sovg‘alar taqdimoti Sergeli tumanidagi markaziy istirohat bog‘ida bayramona ruhda bo‘lib o‘tdi.

Kompaniya Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlarining mehnatini yuksak qadrlaydi va ularga samimiy minnatdorlik bildiradi.

"International Beverages Tashkent" Matbuot xizmati Ⓣ

 
Mavzuga oid
Top