23:08 / 31.12.2022
27501

Luis Suares – «Gremio» futbolchisi 

Luis Suares 2023 yilni ham okean ortida o‘tkazadigan bo‘ldi.

Foto: Twitter / gremio

Braziliyaning «Gremio» klubi Urugvay milliy jamoasining 35 yoshli forvardi bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi. Tomonlar 2024 yilning dekabr oyiga qadar kelishuvni imzolashdi. 

Suares «Nasional»dan erkin agent sifatida «Gremio»ga ko‘chib o‘tdi. Luis 2022 yilgi mavsumning ikkinchi qismini Urugvay klubida o‘tkazgandi.

Avvalroq, Suaresga Angliyaning «Aston Villa» va AQShning «Inter Mayami» klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Top