23:54 / 03.01.2023
9552

Qirg‘izistonda san’atkorlarga fonogramma bilan kuylash taqiqlandi 

Qirg‘iziston hukumati 2023 yil 1 yanvardan boshlab mahalliy san’atkorlarga konsert vaqtida fonogrammadan foydalanishni taqiqladi. 

Foto: Rixabay/Letterdesign

Tegishli qarorni Madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vaziri Oltinbek Maqsutov imzoladi. 

Farmonga ko‘ra, san’atkorlar davlat madaniyat va ta’lim muassasalari, teatrlar, filarmoniyalar, konsert zallari, klublar, kinozallar, muzeylar va kutubxonalardagi tadbirlarda jonli ijroda kuylashi shart. Shuningdek, sport va ommaviy madaniy tadbirlarda ham jonli ijro majburiydir. 

Vazirning ta’kidlashicha, qarorni bajarish mas’uliyati konsert o‘tkaziladigan muassasa rahbari zimmasiga yuklatilgan. Uning ijrosini shaxsan vazir o‘z nazoratiga olgan. 

Qarorni bajarmaslik oqibatida qanday jazo choralari qo‘llanishi xabarda keltirilmagan. 

Mavzuga oid
Top