18:03 / 06.01.2023
7038

Talabalar chegirma asosida olgan aviachiptalarni ham bepul qayta band qilish mumkin bo‘ldi

Talabalar uchun qishki ta’til muddati uzaytirilgach, olingan aviachiptalarni ham bepul qayta almashtirib berish, qo‘shimcha reyslar ajratilishi tasdiqlandi.

Foto: KUN.UZ

Keyingi haftadan O‘zbekistonda anomal sovuq bo‘lishi kutilayotgani uchun respublikadagi barcha bo‘g‘indagi ta’lim muassasalariga qishki ta’til navbatdan tashqari uzaytirilgandi.

«Uzbekistan Airways» matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, 10 yanvargacha xarid qilingan chegirma asosidagi aviachiptalar 18 yanvargacha rejalashtirilgan aviaqatnovlarga bepul qayta band qilib beriladi. Ichki aviaqatnovlarga 50% chegirma ham shu muddatgacha davom etadi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ham bu borada rasmiy munosabat bildirgan. Vazirlik 9 yanvargacha olingan avia va temiryo‘l chiptalari bepul tarzda tegishli muddatga almashtirib berilishini ma’lum qilgandi.

Top